Balogʻat yoshi nima va bu vaqtda bizning tanamizda qanday oʻzgarishlar roʻy beradi?

Balogʻat yoshi bolalar ulgʻayishi davomida sodir boʻladigan jismoniy va hissiy oʻzgarishlar davri hisoblanadi. Bu vaqt odatda oʻgʻil bolalarga qaraganda (9 yoshdan 14 yoshgacha) qizlarda erta (7 yoshdan 12 yoshgacha) boshlanadi. Ammo shuni yodda tutingki, balogʻatga yetish davri hamma uchun har xil vaqtga toʻgʻri keladi.

Bu davr kimdir uchun erta boshlansa, yana kimdadir uzoq muddat davomida kuzatilishi mumkin. Balogʻat davridagi oʻzgarishlar inson organizmini reproduktiv jarayonlarga tayyorlash uchun, ya’ni insoniyat oʻzining mavjudligini davom ettira olishi uchun sodir boʻladi.

Balogʻat davrida miyyaning gipotalamus va gipofiz deb nomlangan ikki qismi yana-da koʻproq gormon ishlab chiqara boshlaydi. Gormonlar organizmda xabarchi vazifasini bajaruvchi va undagi oʻzgarishlarga olib keluvchi kimyoviy moddalar hisoblanadi.

Keyingi