Bizning mamlakatimizda ushbu kasalliklarning ko'pchiligiga barham berilmaganmi?

Aholini o'z vaqtida rejali va epidemiyaga qarshi emlash jarayonlari olib borilganligi tufayli, respublikada 1996 yildan boshlab poliomieliti, 2002 yildan boshlab difteriya, chaqaloqlar qoqsholi, 21 yoshgacha bulgan axoli orasida o'tkir virusli gepatit "B" ro'yxatga olinmadi va ko'kyo'tal, qizamiq, qizilcha, epidemik parotit, rotavirus, pnevmokokk kabi qator kasalliklar anchagina kamaygan. Ammo, agar biz emlashni to'xtatadigan bo'lsak, mamlakatimizda uchrashi mumkin bo'lgan bir necha kasallik holatlari tezda o'n yoki yuz minglab holatlarga aylanishi va o'lim xolatlarining ko'payishiga olib kelishi mumkin.

Vaktsinalar yordamida oldini olish mumkin bo'lgan ko'pgina jiddiy kasalliklar O'zbekistonda kam uchrashiga qaramasdan, ularning ayrimlari dunyoning boshqa hududlarida tarqalgan. Sizning oilangiz dunyo bo'ylab sayohat qilmasa ham, siz har qanday joyda sayohatchilar yoki turistlar bilan aloqada bo'lishingiz mumkin. Barcha emlashlarni qabul qilmagan va kasallikka duchor bo'lgan bolalar jiddiy xastalanib, kasallikni jamoatchilik orasida ham tarqatish ehtimoli yuqori bo'ladi.

Oldingi Keyingi