Chaqaloqlarda tabiiy immunitet mavjud bo'lmaydimi? Ularning immuniteti vaktsinalar ta'minlaydigan himoyadan yaxshiroq emasmi?
Chaqaloqlar homiladorlikning so'nggi bir necha haftalarida onalaridan vaqtinchalik tabiiy immunitetni (himoyani) oladilar, ammo bu immunitet doimiy emas, u vaqtinchalik bo'ladi, bunda ko'krak suti bilan emizish ham bolangizni shamollash kabi mayda infektsiyalardan vaqtincha himoya qilishda yordam beradi. Lekin ushbu immunitet kichkintoyni uzoq vaqt himoya qila olmaydi va bolangiz yuqumli kasalliklarga nisbatan zaiflashib qolishi mumkin. Shuning uchun vaktsinalar bilan emlash natijasida yuqumli kasalliklarga qarshi bola organizimida sun'iy immunitet hosil qilamiz.