Dunyoda nogironlar haqida qanday ma’lumotlar bor?
Jahon sogʻliqni saqlash sashkiloti (JSST) ma’lumotiga koʻra 2021-yilda:
- dunyoda 1 milliarddan ortiq odam (yer yuzi aholisining 15% i yoki har yettitadan biri) nogironlikning qaysidir shakliga ega;
- 100 milliondan ortiq nogironlar — bolalardir;
- 15 yoshdan oshgan 190 million nogiron (3,8%) oʻz faoliyatida jiddiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda va muntazam tibbiy xizmatga muhtoj;
- nogironlarning 80% rivojlanayotgan mamlakatlarda yashaydi;
- nogironlarning 46% i 65 va undan katta yoshdagilarni tashkil etadi;
- nogironlarning 50% i tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega emas;
- nogiron insonlar zoʻravonlikka 4-10 barobar koʻproq duchor boʻladi.