Gender tenglik nima?

Gender tenglik (lotinchadan paritas – tenglik) — muvozanatli, ya’ni, hayotning barcha sohalarida (siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy) hokimiyat va qarorlar qabul qilishda erkaklar va ayollarning bir xil, teng ishtiroki, jinslar oʻrtasidagi tengligi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda siyosiy va iqtisodiy institutlarning tenglik darajasi mamlakatlar demokratiyasining koʻrsatkichi hisoblanadi va bu ma’lumotlar koʻplab xalqaro indekslarga kiritilgan.

Global miqyosda erkaklar siyosatda ayollarga qaraganda koʻproq qatnashadi va lavozimlarni egallaydi. Mutaxxassislarning fikriga koʻra, boshqa barcha kasblar orasida ayniqsa siyosat sohasida gender tengligiga erishish juda mushkul. Shunday qilib, jinsiy tafovuf boʻyicha Global hisobotga koʻra, agar siyosiy vakillikdagi gender tengligining oʻzgarish darajasi hozirgi darajada saqlanib qolsa, dunyoda gender tengligiga erishish uchun oʻrtacha 95 yil, ta’lim sohasida gender tenglikka erishish uchun esa 12 yil kerak boʻladi.

Oldingi Keyingi