Dunyoda zoʻravonliklar haqida qanday ma’lumotlar bor?
BMT ma’lumotlariga koʻra:
- 2018-yilda 148 ta davlatda 50 000 ga yaqin odam savdosi qurbonlari aniqlanib, roʻyxatga olingan.
- Odam savdosidan jabrlanganlar umumiy sonining 46% ini ayollar, 19% ini esa qizlar tashkil etadi;
- Jinsiy ekspluatatsiya ekspluatatsiyaning eng keng tarqalgan shakli (50%) hisoblanadi, undan keyingi oʻrinda majburiy mehnat (38%) turadi.
- Dunyo miqyosida aniqlangan har uch qurbondan biri yosh bola hisoblanadi.
- Oxirgi 15 yil ichida aniqlangan odam savdosi qurbonlari orasida bolalar ulushi 3 baravar, oʻgʻil bolalar salmogʻi esa 5 barobar oshdi.