Gender sezgirlik nima?

Gender sezgirlik (ingliz tilidan, “gender sensitivity” – sezuvchanlik, ta’sirchanlik) bu ayollar va erkaklar yashaydigan oʻziga xos ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy va siyosiy sharoitlarni hisobga oladigan yondashuv hisoblanadi. Ushbu yondashuvning maqsadi gender tengsizlik va diskriminatsiyani kamaytirish, ayollar va qizlarga rivojlanish jarayonida ishtirok etish uchun keng imkoniyatlarni taqdim etishdir.

Gender munosabatlari barcha tashkilotlarda mavjud boʻlib, gender sezgirligi, ayniqsa, imtiyozlar va gender diskriminatsiyasini tan olishda yaqqol namoyon boʻladi.

Ayollar odatda jamiyatda noqulay ahvolda deb hisoblanadi.

Bugungi kunda koʻpgina tashkilotlar xodimlarni oʻz hayotida yoki ishda gender masalalaridan xabardor va sezgir boʻlishga oʻrgatish uchun maxsus gender sezgirligi boʻyicha treninglar oʻtkazadilar. Shunga oʻxshash treninglar Qoʻshma Shtatlarda, ayniqsa, sogʻliqni saqlash va ta’lim kabi xizmat koʻrsatish sohalarida mashhur boʻlib bormoqda.

Oldingi Keyingi