OIV infeksiyasining ilk alomatlari

OIV infeksiyasining birinchi alomatlari infeksiya yuqqanidan ikki-toʻrt hafta oʻtgach paydo boʻlishi mumkin. Koʻpchilik infeksiyalangan odamlarda quyidagi shamollash alomatlari paydo boʻladi: isitma, tomoq ogʻrigʻi va qizarish, ortiqcha terlash, mushaklarning ogʻrigʻi va zaifligi, bosh ogʻrigʻi, toshma va h.k.. Hatto bunday alomatlar boʻlmasligi ham mumkin.

Infeksiya immunitet tizimini zaiflashtirganligi sababli, infeksiyalangan odamda limfa tugunlarining shishishi, vazn yoʻqotish, sababsiz isitma, diareya va yoʻtal kabi boshqa belgilar va alomatlar ham paydo boʻlishi mumkin.

Koʻpchilik uchun yuqoridagi alomatlar oʻz-oʻzidan yoʻqoladi va OIV infeksiyasi bir necha yil davomida oʻzini namoyon qilmaydi. Ba’zi OIV infeksiyasi bilan kasallangan odamlar hech qanday alomatlarsiz 10 yildan ortiq yashashi ham mumkin va ular oʻzlarining kasalliklari haqida tasodifan, rektiv jarrohlik yoki tibbiy ma’lumotnoma uchun laboratoriyaga borganlarida bilib olishadi.

Dastlabki bosqichlarda OIV infeksiyasining mavjudligini aniqlash juda qiyin. Ular boshqa kasalliklar bilan osongina adashtirib yuborilishi mumkin. Shuning uchun bu bosqichdagi odamlar eng yuqumli hisoblanadi.

Dastlabki bosqichlarda OIV infeksiyasining mavjudligini faqat laboratoriya tekshiruvlari yordamida aniqlash mumkin.

Oldingi Keyingi