OIVni oldini olish uchun qanday chora-tadbirlar koʻrilishi kerak
- Er-xotinlik munosabatlarida sodiq boʻling;
- Har qanday tasodifiy va himoyalanmagan jinsiy yaqinlikdan saqlaning;
- Teri qoplamiga zarar keltiradigan har qanday muolajalarda bir martalik yoki sterillangan asboblardan foydalaning;
- Organizmda OIV mavjud boʻlganda, virusga qarshi dori-darmonlarni muntazam qabul qilish yuqish tezligini sezilarli darajada kamaytiradi;
- OIV infeksiyasi bilan kasallangan ayol homiladorlik davrida shifokor nazorati ostida boʻlib, profilaktik davolanishdan oʻtsa, sogʻlom bola tugʻiladi.