OIV qanday yoʻllar bilan yuqadi?
OIV ni qanday yuqtirib olish mumkin?
OIV quyidagi biologik moddalar orqali yuqadi:
- qon
- sperma
- qin suyuqligi
- rektal suyuqlik
- ona suti.
OIV bilan kasallangan odamlar virus bilan kasallanganligini sezmaydilar. Ba’zida, virus yuqqanidan bir necha hafta oʻtgach, grippga oʻxshash holat rivojlanishi mumkin (isitma, teri toshmasi, shishgan limfa tugunlari, diareya).
OIV bilan kasallangan odam koʻp yillar davomida oʻzini sogʻlom his qilishi mumkin. Bu davr kasallikning yashirin (latent) davri deb ataladi. Ammo bu davrda tanada hech qanday oʻzgarishlar sodir boʻlmaydi, deb taxmin qilish xato.
OIV infeksiyasi bilan kasallangan odamning tanasida kasallik belgilari boʻlmasa ham, u boshqalar uchun xavfli hisoblanadi, ya’ni, boshqa sogʻlom odamlarga OIV yuqishi mumkin. Shuning uchun testdan oʻtish va OIV holatini aniqlash juda muhim.
Mamlakatimizdagi barcha davolash-profilaktika muassasalarida OIVga test topshirish mumkin.