Qanday holatlarda shifokorga murojaat etish kerak?
Oʻsmir qizlarda hayz koʻrish avvaliga toʻliq rivojlanmasligi va bu individual holat boʻlishini hisobga olgan holda, quyidagi holatlarda oʻsmirlar ginekologiga murojaat qilish kerak:
- Agar birinchi hayz 9 yoshdan oldin yoki 15 yoshdan keyin kelgan boʻlsa;
- Agar birinchi hayz koʻrgan boʻlsa-yu, keyingi hayz undan 5-6 oy oʻtgachgina takrorlansa;
- Agar hayz paytida qiz bola chidab boʻlmas darajada kuchli ogʻriqni his qilsa;
- Agar qon ajralishlar juda koʻp boʻlsa;
- agar hayz koʻrish 7 kundan ortiq davom etsa;
- Agar hayz paytida nafaqat zaiflik, balki bosh aylanishi, koʻngil aynishi, qusish ham kuzatilsa.