Qizamiqqa emlangan bolalar kasal bo‘ladimi yoki yo‘qmi?
❓Agarda bola qizamiq bilan kasallanadigan bo’lsa, emlashning qanday ahamiyati bor?
❓Qizamiqqa emlangan bolalar kasal bo’ladimi yoki yo’qmi?
❗️Butun dunyoda qizamiq bolalar o’limining eng keng tarqalgan sabablaridan biri deb hisoblanadi. Shu sababli shunchaki kasaldan tuzalib ketishiga ishonib, bolangizni qizamiqdan keyingi jiddiy asoratlar rivojlanishi xavfi ostida qoldirmang. O’zingiz va farzandingizni himoya qiling, o’z vaqtida emlaning!
❗️Qizamiqqa qarshi vaksinaning 2 ta dozasi kasallikka qarshi 97 foiz himoyani ta’minlaydi. Ammo, qizamiq kabi o’ta xavfli infeksion kasalliklar epidemiyasi davrida epidemiologik ko’rsatkichlar bo’yicha vaksinaning qo’shimcha dozasini olish tavsiya etiladi. Revaksinatsiya, ya’ni qayta emlash infeksiyaga qarshi immunitetingizni kuchaytiradi va kasallangan taqdiringizda ham organizmingizga kasallikni yengib o’tishga yordam beradi.
Average Rating: ☆ ☆ ☆ ☆ ☆ (0 reviews)