Reproduktiv huquqlar nima?
“Reproduktiv huquqlar” (RR) degan tushuncha mavjud boʻlib, bu erkaklar va ayollar oʻzlarining reproduktiv salomatligi, shu jumladan bolalar tugʻilishi, ularning tugʻilish vaqti va tugʻilish oʻrtasidagi vaqt oraligʻi toʻgʻrisida erkin va mustaqil qaror qabul qilish huquqini va bu haqda yetarli ma’lumotga ega boʻlish huquqini bildiradi.
Reproduktiv huquqlar:
- Ayollarning va turmush qurgan jusftliklarning oilada bolalar soni toʻgʻrisidagi qarorlarni qabul qilish huquqi;
- Bolalar tugʻilishi orasidagi intervalni tanlash;
- Reproduktiv salomatlik haqida ma’lumot olish;
- Reproduktiv salomatlik sohasida huquq va manfaatlarini cheklashdan xoli boʻlgan sifatli xizmatlardan foydalanish;
- Jinsiy yoʻl bilan yuqadigan kasalliklardan, OIV infeksiyasi va OITSdan oʻzini himoya qilish.