Reproduktiv salomatlik nima?

Reproduktiv salomatlik — bola tugʻilishida ishtirok etuvchi erkak va ayolning jismoniy, ruhiy salomatligi va ijtimoiy farovonligi holati.

“Reproduksiya” soʻzi lotincha soʻz boʻlib, “re”- takroriy, qayta tiklash; “producto” - yaratish, koʻpaytirish degan ma’nolarni anglatadi. Reproduksiya — biologiyada organizmning oʻziga oʻxshash organizmlarni qayta yaratishi, koʻpayishi jarayonlarini nazarda tutadi.

Reproduktiv salomatlik (RH) nafaqat reproduktiv tizim va uning faoliyati bilan bogʻliq barcha masalalarda kasalliklar va kamchiliklarning yoʻqligi, balki, toʻliq jismoniy, aqliy va ijtimoiy muvaffaqiyat holatidir.

Darhaqiqat, reproduktiv salomatlik muammosi ayollarning ham erkaklarning ham salomatligini oʻz ichiga oladi.

Oldingi Keyingi