Siz zoʻravonlik qurboni ekanligingizni qanday aniqlash mumkin?
- Sizni doim haqorat qilishadi, yomon nomlar bilan aytib chaqirishadi, qadr-qimmatingizni kamsitishadi
- Sizga yaqin qarindoshlar, doʻstlar va dugonalar bilan muloqot qilishni muntazam ravishda taqiqlashadi
- Sizni qoʻrqitishadi va jismoniy jazo bilan tahdid qilishadi
- Sizni muntazam ravishda kaltaklashadi, itarishadi yoki silkitishadi
- Ma’lum joyda ushlab turishadi
- Oʻqishga ruxsat berishmaydi
- Umumiy oshxona, hammom, hojatxonadan foydalanishga ruxsat berishmaydi.