Uydagi (maishiy) zoʻravonlik nima?

Bir shaxsning oilaviy, intim yoki boshqa shunga oʻxshash munosabatlari bor boʻlgan boshqa shaxsga nisbatan haqiqiy tahdidli xatti-harakati yoki jismoniy, jinsiy, psixologik yoki iqtisodiy zoʻravonlik — maishiy zoʻravonlikdir.

Bu kuch ishlatish, nazorat qilish, qoʻrqitish, qoʻrquv tuygʻusini uygʻotish maqsadida tez-tez takrorlanadigan jismoniy, ogʻzaki, ruhiy va iqtisodiy zoʻravonliklarning qaytarilib turishi va kuchayib borishidir.

Bular bir kishi boshqasining xatti-harakati va his-tuygʻularini boshqaradigan yoki nazorat qilishga urinadigan holatlardir.

Oldingi Keyingi