Vaktsinalar qanday nojo'ya ta'sirga ega?

Birinchidan, vaktsinalarning o'zi hech qanday yuqumli kasallik keltirib chiqarmaydi. Ikkinchidan, respublikamizda sifati kafolatlangan vaktsinalar ishlatiladi, nojo'ya ta'sirlar xavfsiz emlanishdagi texnik sabablarga rioya qilinmasligi sababli kelib chiqishi mumkin. Bunday holatlar juda kam uchraydi va ikki turga bo'linadi - umumiy va mahalliy. Mahalliy holatlar - vaktsina qilingan joy og'rishi, qizarishi, shish paydo bo'lishi yoki biroz isitma chiqishi bilan kechishi mumkin. Bu kabi mahalliy holatlar odatda bir-ikki kun davom etadi va o'zi o'tib ketadi. Shifokor tavsiya qilmagan bo'lsa, infektsiya joyiga tegish kerak emas.

Sterilligi buzilgan shpritslar ishlatilganda, sanitariya talablari buzilganda, vaktsinalar noto'g'ri saqlanganda, vaktsina muzlab qolganda xamda bolada alomatlarsiz kasallik rivojlangan vaqtda uni emlab qo'yish, bola xastalanishga moyil yoki umuman vaktsinaning ingridientlariga nisbatan ta'sirchan bo'lgan holatlarda unda anafilaktik shok yuz berishi mumkin. Bunday holatlar 5-10 million bolalardan 1-2 tasida kuzatilishi mumkin va bu amaliyotga asoslanib ilmiy jihatdan isbotlangan

Yuqorida aytilgandek, jiddiy reaktsiyalar kamdan-kam hollarda yuzaga keladi. Lekin, agar bolangiz sizni tashvishga soladigan har qanday ta'sirlanishga duch kelsa, darhol shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Oldingi Keyingi