Zoʻravonlikning oldini olish qoidalari qanday?

Ich kiyim/choʻmilish kiyimi qoidasi.

Har bir bola shuni aniq bilishi kerakki, tananing ichki kiyim /choʻmilish kiyimi bilan qoplangan qismlari intim hisoblanadi, ularni hech kimga koʻrsatmaslik va hech kimga tegishga ruxsat berish kerak emas! Bunday harakatni boshqa odamlarga nisbatan ham qilish mumkin emas. Faqatgina ota-onalar yoki shifokor (ota-onalar ishtirokidagina va bolaning roziligi bilan) yechinishni va tanaga tegishni soʻrashi mumkin! Intim joylarga tegilish xavfli hisoblanadi, agar shunday harakat boʻlsa buni darxol onangiz yoki dadangizga aytishingiz kerak!

Tana a’zolari va qismlari.

Farzandingizga tana a’zolarining, shu jumladan jinsiy a’zolarning nomlarini oʻrgating. Har bir narsani oʻz nomi bilan atash kerak. Hattoki siz bunday tarbiya qilinmagan boʻlsangiz ham farzandingizga bu narsalarni nomi bilan oʻrgatishingiz muhim. Hech kim bolaning tanasini suratga olishga yoki bolaga boshqa odamlarning tanasini koʻrsatishga haqli emas.

Shaxsiy chegaralar.

Bolaning tana chegaralari bor va ular hurmat qilinishi kerak. Bolani jismoniy jazolash ham chegaralarni buzish hisoblanadi. Agar bolaning oʻzi xohlamasa, uni qarindoshlarini quchoqlashi va oʻpishiga majburlash kerak emas.

"Yoʻq" deyish huquqi.

Bola “yoʻq” deyishni oʻrganishi kerak. Bola oʻzini noqulay his qilsa, qarshilik koʻrsatishga haqli. Bolaga "yoʻq, ket, aytib ber" qoidasini oʻrgating: shubhali vaziyatda u "yoʻq" deyishi kerakligini, xavfli joyni imkon qadar tezroq tark etishi va hamma narsani u ishonadigan kattalarga aytib berishi kerak ekanini tushuntiring.

Yordam soʻrash yaxshi.

Bola har doim kattalardan yordam soʻrashi mumkin. Ota-ona bilan birgalikda bola ishonadigan, murojaat qilishi va eshitilishi mumkin boʻlgan yana uchta aniq kattalarni muhokama qilish va tanlash kerak. 6 yoshida bola ota-onasining telefon raqamlarini yoddan bilishi kerak!

"Yomon" sirlar.

Yurak siqilib, tashvishga tushadigan sirlarni saqlash bola uchun xavfli. Hech kim bolani "yomon" sirlarni saqlashga majburlay olmaydi.

Hurmat.

Bolaga hurmat har qanday yoshda muhim ahamiyatga ega. Oʻziga ishonchni his qilishi va oʻz huquqlarini tushunishi bolaga oʻzini himoya qilishda muhim omil boʻlib hizmat qiladi.

🔹 https://t.me/zoravonlikka_yol_yoq_netnasiliyu

🔹 https://www.facebook.com/netnasiliyu/

🔹 http://instagram.com/zoravonlikka_yol_yoq

Oldingi Keyingi