Balogʻat yoshida tanada qanday oʻzgarishlar roʻy beradi?

Keling, bolalar balogʻat yoshida qanday oʻzgarishlarni boshdan kechirishlarini koʻrib chiqamiz:

Qizlarda

  • Koʻkrak oʻsishni boshlaydi
  • Qin ajratmalari hosil boʻlishni boshlaydi
  • Tos suyaklari kengayadi
  • Jinsiy lablar oʻzgarishi mumkin

Qizlarda ham oʻgʻil bolalarda ham:

  • Hissiyotlar kuchaygandek tuyulishi mumkin
  • Miya shunday rivojlanadiki, siz oʻylashni va yaxshiroq tushunishni boshlaysiz
  • E’tiborni oʻziga qaratish istagi kuchayadi
  • Boʻyingiz balandlashadi
  • Teri koʻproq yogʻlana boshlaydi va husnbuzarlar paydo boʻlishi mumkin
  • Terlash kuchayadi, tana oʻziga hos hidga ega boʻla boshlaydi
  • Tanada tuklar oʻsadi: yuz, qoʻltiq, oyoq va qin tuklar bilan qoplanadi
Oldingi Keyingi