OIV kelib chiqishi tarixi

Insoniyat OIV/OITS haqida nisbatan yaqinda bilib oldi. OIVning kelib chiqishi haqida turli farazlar mavjud, ammo ular taxminligicha qolmoqda, chunki ularning hech biri haqida ilmiy dalillar yoʻq.

Zamonaviy tadqiqotchilarning fikricha, OITS kasallik sifatida 1950-1970-yillarda paydo boʻlgan. OITS virusi qayerda paydo boʻlganligi ham noma’lum va bu turli bahslarga sabab boʻlgan: olimlarning bir guruhi virus Markaziy Afrikada, ikkinchisi AQShda, uchinchisi esa Gaiti orolida paydo boʻlgan deb hisoblaydilar.

OITS bilan kasallanganligi tasdiqlangan birinchi odam Kongo (Afrika) chekkasida yashagan. Uning qon tahlili shu kungacha saqlanib qolgan. Ba’zi fikrlarga koʻra, uni maymun tishlagan yoki maymun goʻshtini kesayotib qoʻlini kesib olgan. Keyin virusni boshqa odamlarga yuqtirgan.

Bugungi kunda OIV infeksiyasining qoʻzgʻatuvchisi sifatida ma’lum boʻlgan virus 1983-yilda fransuz olimi Lyuk Montand tomonidan kashf etilgan va limfadenopatik virus deb nomlangan.

Bundan xabari yoʻq holda, 1984-yilda amerikalik olim Robert Gallo ham kasallikni qoʻzgʻatuvchi virusi topilganligi haqida xabar berdi va uni III tipdagi odam T-limfotrop virusi deb atadi.

Keyinchalik ma’lum boʻldiki, bu ikki virus oʻxshash tuzilish va xususiyatlarga ega va 1985-yilda kashf etilgan virusga umumiy nom — OIV — ya’ni “odam immuniteti tanqisligi virusi” (OIV) nomi berildi.

Oldingi Keyingi